Текст песни Yulduz usmonova — Muhabbat (Remix)

Muhabbat ne desang ko’ngil ardog’in

Ishqning ko’chasida qizil yanog’in

Sher yozay desam goh titrar barmog’im

Seni yaxshi ko’rar edim muhabbat

 

Pinhona bu uchrashuvlar yodimda

Baxtdan rosa quvonganim yodimda

Ammo mangu qolmadingku yonimda

Olislarda qolib ketdi muhabbat

 

Kimda xato kimda ayb bilmayman bilmayman

Yodga tushsa yoding dildan qo’ymayman qo’ymayman

Savollarimga hech javob topmayman topmayman

Seni yaxshi ko’rar edim muhabbat

 

Yurak qurugur ul damlarni qumsaydi

Qani bir zumga shu onlar qaytsaydi

Menga keraksan deya yan aytsaydi

Olislarda qolib ketdi muhabbat

 

Ilk Muhabbat doim yodda qolarkan

Goh eslasang yuragingni tilarkan

Har insonni boshida shu bo’larkan

Shirin xotira bo’ldingku muhabbat

 

Kimda xato kimda ayb bilmayman bilmayman

Yodga tushsa yoding dildan qo’ymayman qo’ymayman

Savollarimga hech javob topmayman topmayman

Seni yaxshi ko’rar edim muhabbat


ПОПУЛЯРНЫЕ ПЕСНИ: